Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

 Maktabgacha 
 O'rta 
2007/2008-2018/2019 o`quv yili boshida umumta`lim muassasalarida sinflar guruhi bo`yicha o`quvchi va o`qituvchilar soni
2007/2008-2018/2019 o`quv yillarida birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar soni 1)
2007/2008-2018/2019 o`quv yillarida jinsi va ta`lim muassasalari turlari bo`yicha ta`lim muassasalari o`qituvchilari (o`rindoshlarsiz)
 2012/2013- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2012/2013- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 2013/2014- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2013/2014- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 2014/2015- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2014/2015- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 2015/2016- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2015/2016- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 2016/2017- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2016/2017- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 2017/2018- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
 2017/2018- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
2018/2019- o`quv yili boshida ta`lim muassasalari turlari bo`yicha o`quvchilar soni
2018/2019- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
2019/2020- o`quv yili boshida umumta`lim muassasalari rahbarlari jinsi bo`yicha
 O'rta maxsus ta'lim 
 Oliy ta'lim 
 Doktorantura
 2012 yilda fan sohalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 Hududlar va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 2013- yilda fan soxalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 2014- yilda fan soxalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 2015- yilda fan soxalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 2015- yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxasislarning jinsi va fan sohalari bo`yicha soni
 2016- yilda fan soxalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
 2016- yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxasislarning jinsi va fan sohalari bo`yicha soni
 2017- yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxasislarning jinsi va fan sohalari bo`yicha soni
2018- yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxasislarning jinsi va fan sohalari bo`yicha son
2019- yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxasislarning jinsi va fan sohalari bo`yicha son
2017- yilda fan soxalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
2018- yilda fan sohalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
2019- yilda fan sohalari va jinsi bo`yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajargan tadqiqotchi mutaxasislarning jinsi bo`yicha soni
 Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning jinsi bo`yicha soni, qabuli va bitiruvchilari 
 
 

 

Ta'lim

 Mazkur bo‘limda ta’lim muassasalarining turlari bo‘yicha maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida  ta’lim olayotgan qizlar va o‘g‘il bolalar hamda  ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining ayollari va erkaklari soni to‘g‘risida statistik ma’lumotlar keltirilgan.  Bundan tashqari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.

Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta’limi andozalari doirasida bepul umumiy ta’lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.

Umumta’lim muassasasining asosiy maqsadi - o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ongli ravishda ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida o‘z mas’uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.

Umumta’lim muassasalari o‘quvchilariga umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich va umum o‘rta ta’lim bosqichlarida o‘qiyotgan hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablarning o‘quvchilari  kiritiladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.

Akademik litsey - o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.

Kasb-hunar kolleji - o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.

Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki bosqichga ega: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.

Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining umumiy soniga, O‘zbekiston Respublikasida tahsil oladigan chet el fuqarolari qo‘shilmaydi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) olinishi mumkin.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti - ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi - oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash-kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Maktabdan  tashqari ta’lim- bolalar va o‘smirlarning madaniy-estetik, ilmiy va texnikaviy bilimlariga, sport mashg‘ulotlariga   bo‘lgan yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida bo‘sh vaqtini tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Maktabdan tashqari ta’lim- muassasalariga “Barkamol avlod” bolalar markazlari, san’at va musiqa maktablari, hamda boshqa turdagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari kiritiladi. 

BMT Statistika komissiyasining tavsiyasiga ko'ra minimal gender ko'rsatkichlari

Iqtisodiy tuzilmalar, ishlab chiqarish faoliyati, resurslardan foydalanish sohalari

Ta'lim

Sog`liqni saqlash va unga aloqador xizmatlar

Ijtimoiy hayotda qaror qabul qilish

Ayollar va qizlar, inson huquqlari