Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

2017 yilda ayrim sport turlari bo'yicha sport seksiyalari va bo'limlarida sport bilan shug'ullanuvchi ayollar va erkaklar

 

2017 yilda sport seksiyalari va bo’limlarida 2624,4 ming kishi sport bilan shug’ullanib, ularning 39,3 foizini (1031,9 ming nafar) ayollar, 60,7 foizini (1592,5 ming nafar) erkaklar tashkil etdi.

Jumladan, futbol bilan shug’ullanuvchilar soni 363,1 ming kishi bo’lib, ularning 2,6 foizini (9,4 ming nafar) ayollar, 97,4 foizini (353,7 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
Volleybol bilan jami 334,7 ming kishi shug’ullanib, ulardan 52,2 foizini (174,6 ming nafar) ayollar, 47,8 foizini (160,1 ming nafar) erkaklar tashkil etadi.
Basketbol bilan jami 273,0 ming kishi shug’ullanib, ulardan 49,0 foizini (133,8 ming nafar) ayollar, 51,0 foizini (139,2 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
Stol tennisi bilan 260,7 ming kishi shug’ullangan, ularning 51,4 foizini (134,0 ming nafar) ayollar, 48,6 foizini (126,7 ming nafar) erkaklar tashkil qiladi.
Engil atletika bilan 218,0 ming kishi shug’ullangan, ulardan 51,0 foizini (111,1 ming nafar) ayollar, 49,0 foizini (106,9 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
Shaxmat va shashka bilan 398,4 ming kishi shug’ullangan, ulardan 54,0 foizi (215,3 ming nafar) ayollar, 46,0 foizini (183,1 ming nafar) erkaklar tashkil qildi. Sportning boshqa turlari bilan 776,5 ming kishi shug’ullangan, ulardan 32,7 foizini (253,7 ming nafar) ayollar, 67,3 foizini (522,8 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
 

Please publish modules in offcanvas position.