Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

2018 yilda ayrim sport turlari bo'yicha sport seksiyalari va bo'limlarida sport bilan shug'ullanuvchi ayollar va erkaklar

 

2018 yilda sport seksiyalari va bo’limlarida 2656,0 ming kishi sport bilan shug’ullanib, ularning 39,5 foizini (1050,1 ming nafar) ayollar, 60,5 foizini (1605,9 ming nafar) erkaklar tashkil etdi.

Jumladan, futbol bilan shug’ullanuvchilar soni 327,3 ming kishi bo’lib, ularning 3,6 foizini (11,9 ming nafar) ayollar, 96,4 foizini (315,4 ming nafar) erkaklar tashkil qildi. Volleybol bilan jami 343,0 ming kishi shug’ullanib, ulardan 53,1 foizini (182,0 ming nafar) ayollar, 46,9 foizini (161,0 ming nafar) erkaklar tashkil etadi.
 Basketbol bilan jami 272,2 ming kishi shug’ullanib, ulardan 48,2 foizini (131,1 ming nafar) ayollar, 51,8 foizini (141,1 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
Stol tennisi bilan 261,5 ming kishi shug’ullangan, ularning 50,4 foizini (131,8 ming nafar) ayollar, 49,6 foizini (129,7 ming nafar) erkaklar tashkil qiladi. 
Yengil atletika bilan 226,5 ming kishi shug’ullangan, ulardan 50,5 foizini (114,5 ming nafar) ayollar, 49,5 foizini (112,0 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
Shaxmat va shashka bilan 420,0 ming kishi shug’ullangan, ulardan 53,8 foizi (225,8 ming nafar) ayollar, 46,2 foizini (194,2 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.  Sportning boshqa turlari bilan 978,5 ming kishi shug’ullangan, ulardan 28,1 foizini (274,5 ming nafar) ayollar, 71,9 foizini (704,0 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
 

Please publish modules in offcanvas position.