Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

Jismoniy tarbiya va sport

Mazkur bo`limda jismoniy tarbiya darslarida, sport seksiyalari va bo`limlarida sport bilan shug`ullanuvchi shaxslar to`g`risida statistik  ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgan. O`z navbatida, sport seksiyalari va bo`limlarida sport bilan shug`ullanuvchilar to`g`risida ma’lumotlar  sport turlari bo`yicha keltirilgan. 

Sport – odamlarning muayyan qoidalar bo`yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intelektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo`lgan havaskorlik asosidagi va profisional asosidagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko`rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.

Sport  turi – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi bo`lib, u insonning sport musobaqalariga o`ziga hos tarzda tayyorgarlik ko`rishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini o`tkazish  va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan  qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega bo`ladi.

Jismoniy tarbiya – madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intelektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog`lom turmush tarsi ko`nikmalarini shakillantirish, ijtimoiy moslashtirish  maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan  hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig`indisidan iborat bo`lgan qismi.

Jismoniy tarbiyalash – yuksak madaniyatga ega bo`lgan  har tomonlama yetuk hamda jismonan sog`lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini ortirishga qaratilgan jarayon.

Mazkur bo`limda  sport bilan  shug`ullanuvchilar to`g`risida ma’lumotlar Madaniyat va sport  vazirligining ma’lumotlariga asosan keltirilgan.

 

 

Please publish modules in offcanvas position.