Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

 Aholi 

 2007-2018 yillarda aholining yoshi bo'yicha taqsimlanishi
 2007-2017 yillarda doimiy aholi soni
 2007-2017 yillarda doimiy aholining jinsi bo'yicha soni
2008 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2009 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2010 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2011 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni *)
 2011-2017 yillarda shahar va qishloq aholisining jami aholi sonidagi ulushi
 2012 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2013 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2013 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2013 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 2014 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2014 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2014 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 2015 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2015 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2015 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 2016 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2016 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2016 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 2013 yil 1 yanvar holatiga hududlar bo'yicha 20-29 yoshli doimiy aholi soni
 2014 yil 1 yanvar holatiga hududlar bo'yicha 20-29 yoshli doimiy aholi soni
 2015 yil 1 yanvar holatiga hududlar bo'yicha 20-29 yoshli doimiy aholi soni
 2016 yil 1 yanvar holatiga hududlar bo'yicha 20-29 yoshli doimiy aholi soni 
 2017 yil 1 yanvar holatiga 20-29 yoshgacha doimiy aholi soni
 2018 yil 1 yanvar holatiga 20-29 yoshgacha doimiy aholi soni
 2017 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2018 yil 1 yanvar holatiga aholining o'rtacha yoshi
 2017 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2018 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni
 2017 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 2018 yil 1 yanvar holatiga shahar va qishloq aholisida ayollar va erkaklarning nisbati
 Tug'ilishda kutilayotgan umr davomiyligi
 Yosh guruhlari bo'yicha ayollar va erkaklarning nisbati
 Tug'ilish 
 Aholining tabiiy harakati 
 O'lim 
 Nikohlar va ajralishlar 
 2007-2013 yillarda nikohdan ajralganlarning ma'lumoti bo'yicha ajralishlar soni
 2012 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2012 yilda nikohdan ajraluvchilarning yoshi va nikoh davomiyligi bo'yicha ajralishlar soni
 2012 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2012 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 2013 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2013 yilda nikohdan ajraluvchilarning yoshi va nikoh davomiyligi bo'yicha ajralishlar soni
 2013 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2013 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 2014 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2014 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2014 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 2015 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2015 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2015 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 2016 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2017 yilda birinchi marta nikohlanuvchilarning o'rtacha yoshi
 2016 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2017 yilda nikohlanuvchilarning jinsi, yoshi va avvalgi nikoh holatlari bo'yicha soni
 2016 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 2017 yilda nikohlanuvchilarning yoshi bo'yicha nikohlar soni
 Nikohlanuvchilarning ma'lumoti bo'yicha nikohlar soni
 Tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralishlar soni
 Aholi migratsiyasi 

 

Demografiya

 “Demografiya” bo`limida gender nuqtai nazaridan aholi soni va yosh tarkibi to`g`risidagi statistika ma`lumotlari, aholining tabiiy harakatlanishining mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlari – tug`ilganlar va vafot etganlar soni, jumladan o`lim sabablari, tuzilgan nikohlar va ajralishlar soni, demografik jarayonlar jadalligini ifoda etuvchi umumiy, alohida hamda standart ko`rsatkichlar, mexanik harakatlanish – aholi migratsiyasi ko`rsatkichlari taqdim etilgan. 

Aholi soni to`g`risidagi ma`lumotlar joriy baholashda ham keltirilgan. Aholi soni 1989 yilgi ro`yxatga olish ma`lumotlari asosida baholangan. 

Tug`ilishlar, vafot etish, nikohlar va ajrashishlar to`g`risidagi ma`lumotlar FHDYO organlari tomonidan tug`ilish, vafot etish va nikohlarni ro`yxatga olishda tuzilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini statistik qayta ishlash asosida olingan.

Tug`ilganlar qatoriga faqat tirik tug`ilganlar kiritilgan, xolos.  

Aholi yoshiga doir axborot doimiy yashaydigan aholi bo`yicha keltirilgan. Doimiy aholi sirasiga ushbu hududda muntazam yashayotgan, shu jumladan vaqtinchalik yashamayotgan shaxslar kiritilgan.

Mazkur bo`limning ayrim ko`rsatkichlari hududlar, shahar va qishloq joylari bo`yicha taqdim etilgan. 

Tug`ilish va vafot etishning umumiy koeffitsientlari kalendar yil davomida tirik tug`ilganlar va vafot etganlar sonining doimiy aholining o`rtacha yillik soniga nisbati bo`yicha hisoblab chiqilgan.

Tug`ilish va vafot etishning umumiy koeffitsientlari 1000 aholi hisobga olingan holda aniqlangan. 

Tabiiy o`sish koeffitsienti — tug`ilish va vafot etish umumiy koeffitsentlarining xilma-xilligidir.

Tug`ilishda kutilayotgan umr ko`rish davomiyligi — shu yilda tug`ilgan avloddan bir odam yashaydigan o`rtacha yillar soni bo`lib, bunda shu avlod hayoti davomida o`lim darajasi har bir yoshda ko`rsatkich hisoblab chiqilgan yildagidek qolishi kerak.

Tug`ilishning yig`indi koeffitsienti – reproduktiv yoshda (15-49 yosh) bir ayol o`rtacha tug`ishi mumkin bo`lgan bolalar soni bo`lib, bunda har bir yoshda tug`ilish darajasi ko`rsatkich hisoblab chiqilgan yildagi kabi saqlanib qolishi kerak.

Nikoh va ajralishlarning umumiy koeffitsientlari – ro`yxatga olingan nikohlar va ajralishlar sonining doimiy aholining yillik o`rtacha soniga nisbati. Mazkur koeffitsentlar 1000 aholi uchun hisoblab chiqilgan. 

O`lim sabablari bo`yicha o`limlar soni koeffitsientlari – qayd etilgan sabablar tufayli vafot etganlar sonining aholining yillik o`rtacha soniga nisbati (tegishli yoshdagi 100 ming aholi inobatga olingan holda hisoblab chiqilgan).

O`lim sonining standartlashtirilgan koeffitsientlari — yoshga qarab to`g`ridan-to`g`ri uslub bo`yicha standartlashtirilgan, ya`ni o`lim sabablarining har bir toifasi uchun besh yillik yosh guruhlariga mo`ljallangan ko`rsatkichlarning o`rtacha arifmetik ko`rsatkichi sifatida olingan va yagona yosh tuzilmasi bo`yicha hisoblab chiqilgan koeffitsentlar. yagona yosh tuzilmasi sifatida Yevropa yosh tuzilmasi standarti qabul qilingan.

Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining o`lim sabablarining asosiy toifalari bo`yicha o`limi koeffitsientlari mehnatga layoqatli yoshda qayd etilgan o`lim toifalari sababli vafot etganlar sonini shu yoshdagi aholining yillik o`rtacha soniga alohida bo`lish sifatida hisoblab chiqiladi.

Go`daklar o`limi koeffitsienti ikkita tarkibiy qism sifatida hisoblab chiqiladi, ularning birinchisi – koeffitsent hisoblanadigan yilda tug`ilgan avloddan bir yoshida vafot etganlar sonining shu yilda tug`ilganlar umumiy soniga nisbati; ikkinchisi – o`tgan yil tug`ilgan avloddan bir yoshida vafot etganlar sonining shu yili tug`ilganlar umumiy soniga nisbati. Go`daklar o`limi koeffitsienti promillda hisoblanadi.

Onalar o`limi homiladorlik, tug`ish asoratlari va tuqqandan keyingi davrda vafot etgan ayollar sonining 100000 tirik tug`ilganlarga nisbati.

Aholi migratsiyasi – odamlarning (migrantlar) hudud chegarasi (mamlakat, mintaqa, mamlakat ichida) doimiy yashash joyini o`zgartirishi bilan bog`liq harakati. Migratsiya ichki (mamlakat doirasida) va tashqi (davlat chegarasidan o`tish bilan bog`liq) migratsiyaga bo`linadi. Migratsiya to`g`risidagi ma`lumotlar davlat statistika organlari tomonidan ichki ishlar organlaridan keladigan kelish va ketishni statistik hisobga olish hujjatlari (“Kelish varag`iga statistik hisobga olish taloni” va “Ketish varag`iga statistik hisobga olish taloni”) ustida ishlash natijasida olingan.

 

Please publish modules in offcanvas position.