Sayt test rejimida ishlamoqda

Gender ko'rsatkichlari

Mazkur bo`limda ro`yxatga olingan jinoyatlar soni, ularni sodir etgan shaxslar tarkibi to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu bo`limdagi ma`lumotlar Ichki ishlar vazirligi materiallari asosida keltirilgan.

Mazkur bo`limda ro`yxatga olingan jinoyatlar soni, ularni sodir etgan shaxslar tarkibi to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu bo`limdagi ma`lumotlar Ichki ishlar vazirligi materiallari asosida keltirilgan.

Mazkur bo`limda jismoniy tarbiya darslarida, sport seksiyalari va bo`limlarida sport bilan shug`ullanuvchi shaxslar to`g`risida statistik  ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgan. O`z navbatida, sport seksiyalari va bo`limlarida sport bilan shug`ullanuvchilar to`g`risida ma’lumotlar  sport turlari bo`yicha keltirilgan. 

Sport – odamlarning muayyan qoidalar bo`yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intelektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo`lgan havaskorlik asosidagi va profisional asosidagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko`rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.

Mazkur bo`limda O`zbekiston Respublikasiga kelgan va O`zbekiston Respublikasidan ketgan tashrif buyuruvchilar (kiruvchi va chiquvchi turizm) safar maqsadlari bo`yicha  statistik ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgangan.

Turizm – jismoniy shaxslarning doimiy istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to`lanadigan  faoliyat bilan  shug`ullanmagan holda uzog`I bilan bir yil muddatga jo`nab ketishi (sayohat qilishi).

“Mehnat” bo`limida iqtisodiy faol aholi soni; asosiy ish joyi, jinsi, yosh toifalari va ta`lim darajasi bo`yicha iqtisodiyotning formal (rasmiy) sektorida band bo`lganlar; iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha band bo`lganlar; hududlar kesimida iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat qilayotganlar soni; alohida tarmoqlarda mehnat sharoitlari va jarohatlanish darajasi to`g`risidagi gender jihatidagi statistik ma`lumotlar keltirilgan.

Ko`rsatilgan ma`lumotlar davlat statistika hisobotlari materiallaridan olingan.

 

Mazkur bo`limda tayinlanish turlari bo`yicha pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni, ularga tayinlangan o`rtacha pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o`rtacha miqdori, hisobot yilida nogironlarning umumiy soni va pensiya ta`minoti organlari tomonidan birinchi marta nogiron deb topilganlarning aniqlangani va hisobga olingani to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Bunda barcha ma`lumotlar ayollar va erkaklar kesimida keltirilgan. 

Pensionerlar - bu O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pensiya olayotgan va O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan shaxslardir.

“Demografiya” bo`limida gender nuqtai nazaridan aholi soni va yosh tarkibi to`g`risidagi statistika ma`lumotlari, aholining tabiiy harakatlanishining mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlari – tug`ilganlar va vafot etganlar soni, jumladan o`lim sabablari, tuzilgan nikohlar va ajralishlar soni, demografik jarayonlar jadalligini ifoda etuvchi umumiy, alohida hamda standart ko`rsatkichlar, mexanik harakatlanish – aholi migratsiyasi ko`rsatkichlari taqdim etilgan. 

Aholi soni to`g`risidagi ma`lumotlar joriy baholashda ham keltirilgan. Aholi soni 1989 yilgi ro`yxatga olish ma`lumotlari asosida baholangan.

Mazkur bo‘limda tibbiyot muassasa-   lari tarmog‘i va faoliyati, tibbiyot xodimlari, aholining salomatligi, nogironligi va ayrim yuqumli kasalliklarga chalinishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo‘limda ayrim ko‘rsatkichlar ayollar va erkaklar kesimida  keltirilgan.

Tibbiyot muassasalari tarmog‘iga shifoxona va ambulatoriya-poliklinika, tez tibbiy yordam, onalik va bolalik himoyasini ta’minlash hamda  sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishidagi muassasalar kiradi.

Mazkur bo‘limda ta’lim muassasalarining turlari bo‘yicha maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida  ta’lim olayotgan qizlar va o‘g‘il bolalar hamda  ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining ayollari va erkaklari soni to‘g‘risida statistik ma’lumotlar keltirilgan.  Bundan tashqari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.

Please publish modules in offcanvas position.